Yangiliklar

Sportchi ustozlar


Navoiy davlat konchilik instituti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida 1 Oktyabr-Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy davlat konchilik instituti rektori sovrini uchun sportning bir nechta turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Institutning Axborot-resurs markazi xodimlari ham bu musobaqalarda o‘zlarining chaqqon, epchil va kuchli ekanliklarini komandalar tarkibida namoyish etishdi.


Musobaqalar natijalari quyidagicha bo‘ldi:

1. Futbol. Konchilik fakulteti 1-o‘rin
2. Voleybol (erkaklar). Konchilik fakulteti 1-o‘rin
3. Voleybol (ayollar). Kimyo-metallurgiya fakulteti 1-o‘rin
4. Stol tennisi. Energo-mexanika fakulteti 1-o‘rin
5.
Shaxmat. Konchilik fakulteti 1-o‘rin

Bayramingiz muborak, Ustozlar!