2019 yil
20 sentyabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti 412-auditoriyada
“O‘zbekiston taraqqiyotida investitsiyalarning
roli va ularni jalb etish jozibadorligi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarni
Navoiy davlat konchilik instituti ishlar boshqarmasi boshlig‘i i.f.d. N.B.Ashurova
kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
taraqqiy etishi, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishi, aholi daromadlarining oshishi,
turmush sharoitining yaxshilanishi aksariyat holatlarda milliy iqtisodiyotning turli
soha va tarmoqlariga jalb etilayotgan investitsiya mablag‘larining hajmi va tarkibiga
bog‘liq. Shunday ekan, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishi milliy iqtisodiyotga
investitsiya mablag‘larini jalb etishning jozibador muhitini shakllantirishga qaratilishi
muqarrardir.
Yaqin kelajakda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlanish
darajasiga etkazib olishni maqsad qilgan O‘zbekiston uchun respublikaning investitsion
jozibadorligini tadqiq etish, investitsiya mablag‘larini ichki kapital resurslar
hamda xorijiy investitsiya va kreditlar asnosida ko‘payishiga erishish bo‘yicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi dedilar.
Shundan so‘ng Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari
tomonidan berilgan turli savollarga javoblar berildi.