Inom Majidov: Oliy ta’lim
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot lokomotiviga
aylanishi kerak
Bugun, 18 sentyabr kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi
muhokama qilindi.
Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati
va jamoasi, barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari ishtirok
etdi.
-
Amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik
fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda, bu esa talabalarning haqli e’tirozini keltirib
chiqarmoqda, - dedi Inomjon Majidov.
Vazir oliy ta’lim muassasalari
hamda kadrlar buyurtmachilari o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar
qoniqarsiz ahvolda ekani tanqid qildi va ish beruvchilar kadrlar tayyorlash jarayoniga
qiziqmasa, OTM rektorlari tashabbus ko‘rsatishi kerakligini qayd etdi.
-
Chunki
xalqimiz va Prezident oliy ta’limdan jamiyat taraqqiyoti lokomotivi bo‘lishini talab
qilmoqda, - dedi vazir. – Ishga hozirgidek
munosabat bilan maqsadga erisholmaymiz. Zamon shiddat bilan rivojlanyapti, biz taraqqiyot ortidan
emas, balki uni belgilab berishimiz kerak.
Shuningdek, yangi tuzilgan respublika oliy ta’lim kengashi
oldida turgan dolzarb vazifalar, uning istiqbol-rejalari ham muhokama qilindi.