Ma’lumki, Xalq ta’limini
yanada rivojlantirish, yoshlarimizning nafaqat bilimi, balki ularning tarbiyasiga ham e’tibor qaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari va maktablar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning
maktablarga borib, dars o‘tishlari bu borada bajarilayotgan ishlardan biridir.
2019 yilning 14 sentyabrida Navoiy davlat konchilik instituti
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri dotsent Olmaxon Xaitova va shu kafedra
o‘qituvchisi Shuhrat
Norovlar Karmana tuman 15-sonli maktab yuqori
sinf o‘quvchilariga tarix fanidan dars o‘tishdi. Suhbat tarzida o‘tkazilgan bu darsda
“Karmana tarixi” kitobining yaratilishi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan
5 ta tashabbus va yoshlarimizga davlatimiz
tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar
haqida ko‘plab ma’lumotlar berildi.
Karmana tumani Kumushkon
xududida joylashgan 32-sonli maktabda o‘tkazilgan darslar ham qiziqarli daqiqalarga
boy bo‘ldi. Iqtidorli o‘quvchilar, tasviriy san’atga qiziquvchilar va sport bilan
muntazam shug‘ullanib kelayotgan yoshlar Navoiy davlat konchilik institutiga taklif
qilindi.
Navoiy davlat konchilik instituti matbuot kotibi
Gulnoz Sattorova