Navoiy davlat konchilik instituti rektori, O‘zbekiston
Qahramoni Quvondiq Sanaqulovich Sanaqulov bugun, 2019 yilning 4 sentyabrida nishonlanayotgan
qo‘shaloq bayram: O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi va Bilimlar
kuni munosabati bilan o‘tkazilgan Mustaqillik darsi hamda Bilimlar kuni tantanalarida
shodiyonaga yig‘ilgan barcha professor-o‘qituvchilar, 1-bosqich talabalariga qarata
shunday dedi. Darhaqiqat, o‘tgan fursat qaytib kelmas.
NDKI rektori Q.S. Sanaqulov yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning
28 yilligi bilan tabriklar ekan, talabalarga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Institutga endigina kirgan talabalarga o‘qish va izlanishda tolmaslik barcha yutuqlarning
garovi ekanligi, bunda vaqtdan unumli foydalanish lozimligi haqida kerakli maslahatlar
berdi.
Shundan so‘ng, institutning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
mudiri Olmaxon Saidovna Haitova mustaqillik qadamlari, milliy tiklanishdan milliy
yuksalishga tomon shahdam odimlayotgan zamonamiz kishilarining ilm-fan va ishlab
chiqarishda ko‘rsatayotgan jonbozliklari, bu buyuk ishlarda hozirda ilm tolibi bo‘lgan
talabalarning ham kelajakda o‘z hissalarini qo‘shishlari zarurligi; tarixiy boy
madaniy meroslarimiz, ularni o‘rganish, o‘rgatish, yangi ilmiy kashfiyotlar, kon-metallurgiya
sohasidagi nodir adabiyotlar, ularni tarjima qilish, keng kitobxonlar ommasiga etkazish
jarayonlari hamda bugungi kunning qadri haqida o‘zining sermazmun ma’ruzasini tinglovchilarga
etkazdi.
Institut prorektori Jamoliddin Toshqulovich Nazarov talabalarni
bayram bilan tabriklar ekan, institutda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari,
Axborot-resurs markazi va uning faoliyati, laboratoriya xonalari haqida keng ma’lumot
berdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi va
Bilimlar kuni bayram tantanalari davom etmoqda.
Navoiy davlat konchilik instituti matbuot kotibi
Gulnoz Sattorova