Germaniyaning “Zeppelin GmbH” konserni tarkibidagi “Zeppelin
Uzbekistan” kompaniyasi va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar
universiteti bilan birgalikda tog‘-kon sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash
maqsadida “Navoiy o‘quv markazi”ni tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Ushbu menorandum NDKTU rektori Baxtiyor Mardonov hamda “Zeppelin Central
Asia Machinery” kompaniyasi bosh direktori Mixail Kontsevenko tomonidan
imzolandi.
Mazkur kelishuv xalqaro ta’lim standartlari
darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash, o‘zaro
manfaatli sohalarda ilmiy-texnikaviy va ta‘lim sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga
ko‘maklashish, ochiq ilmiy-texnik axborot va innovatsion texnologiyalar
almashinuvi kabi vazifalarni maqsad qilgan. Endilikda Caterpillar
o‘quv markazi bazasida Caterpillar va Zeppelin kompaniyalari vakillari
ishtirokida ilmiy-uslubiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, vebinarlar,
ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni
o‘tkazish rejalashtirilgan. Hamkorlik shuningdek, taʼlim va texnologiya
sohasida qoʻshma taʼlim dasturlarini, qoʻshma ilmiy va ilmiy-texnik
tadqiqotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ham oid boʻladi.
–
O‘zbekiston ta’lim sohasi rivojiga hissa
qo‘shayotganimizdan, tog‘-kon sanoatida malakali mutaxassislarni tayyorlashga
ko‘maklashayotganimizdan mamnunmiz, — deydi “Zeppelin Central Asia Machinery”
kompaniyasi Bosh direktori Mixail Kontsevenko.
— Korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha loyihalarimiz doirasida biz nafaqat
yangi o’quv markazini moddiy-texnik jihozlash bo‘yicha yordam berishga, balki
to‘plangan tajriblarimizni to‘liq o‘rgatishga
va o‘quv jarayonlarida faol ishtirok etishga tayyormiz. Qurilish,
togʻ-kon sanoati, neft-gaz, energetika va qishloq xoʻjaligi uchun texnikalar
ishlab chiqarish va yetkazib berish hamda texnik xizmat ko‘rsatish bilan
shug‘ullanib kelayotgan kompaniya O‘zbekistonda 2002-yildan beri faoliyat
yuritib kelmoqda. O‘zbekiston hududida mijozlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida
Toshkent, Zarmitan, Qarshi, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida 5 ta xizmat
ko‘rsatish markazlari mavjud.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Axborot xizmati