Yangiliklar

UNIVERSITET TALABALARI TASHABBUSI BILAN “YOSHLAR BOG‘I” TASHKIL ETILDI


100 tupga yaqin mevali ko‘chatdan iborat yangi bog‘ Talabalar turar joyida tashkil etildi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan loyiha  “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi.    

Yashil makon

Yashil makon
— Mamlakatimiz bo‘ylab ushbu xayrli ishlarda, ayniqsa yoshlarimizning  faol bo‘layotgani muhim, albatta, — deydi universitet yoshlar yetakchisi Dilshod Muhammadov. — Aslida yosh avlodni daraxt parvarishlashga o‘rgatish sharqona tarbiyaning bir usuli.  Nafaqat nihol o‘tqazish, balki ushbu bog‘ni keyingi jarayonlari ham yoshlarimiz e’tiborida bo‘ladi. Albatta, bugun tashkil etilayotgan daraxtzorlar ertaga katta bog‘ bo‘ladi. Bu esa bugungi qilinayotgan faollik va fidoyi mehnat samarasi sifatida barchamizga g‘urur hamda iftixor bag‘ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz,  “Dolzard 40 kunlik”da universitet hududi bo‘ylab jami 12 ming tup daraxt o‘tqazildi.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Axborot xizmati