Yangiliklar

“YASHIL MAKON” UMMUMMILLIY DASTURI "DOLZARB 40 KUNLIK" LOYIHASI DOIRASIDA UNIVERSITET HUDUDIDA 12 MING TUP KO’CHAT EKILDI


2022-yil, 30-oktabr sanasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida hashar uyushtirildi. “Dolzarb 40 kunlik” davomida universitet hududi bo’ylab 12 ming tup daraxt o'tqazilishi  rejalashtirilib, bugungi hasharda oliygoh barcha bo’limlari xodimlari, fakultet va kafedralar o’qituvchilari hamda magistrlar ishtirok etdi. 19  gektar hududni tashkil etgan universitet maydoni bo’ylab 10 xildan ortiq mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi.  

Hasharchilar uchun OTMning 5-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan tushlik tashkil etildi. Oliygohning 200 nafardan ortiq jamoasi qatnashaygan  hashar kunning ikkinchi yarmida ham davom etdi.                                                                                                           
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Axborot xizmati