Yangiliklar

III XALQARO KONFERENSIYA YAKUNLANDI:

Tarixiy manbalardan maʼlumki, Zarafshon vohasi yurtimizning koʻhna madaniyat va maʼrifat beshiklaridan biri boʻlib, ming yillardan buyon eng mashhur tarixchilar, sayyohlar, etnograflar, geograflar eʼtiborini oʻziga jalb etib kelgan. Zero, “oltin vodiy” faqat qadim zamonlardan buyon foydalanilayotgan oltin konlari bilangina emas, balki Zarafshon daryosining sharofati bilan bu yerlarda gurkirab oʻsayotgan bogʻu-rogʻlari, koʻrkam shaharu-qishloqlari, gavjum bozorlari bilan ham mashhurdir.

Vohadagi bugungi jadal taraqqiyot, konchilik va metallurgiya sohasi rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar xususida ham alohida qayd etish mumkin. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning taklifi va tashabbusi bilan Navoiy viloyati sanoati salohiyati va taʼlim integratsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida dastlab 2017-yilda ilk bor “Zarafshon vohasini innovatsion kompleks rivojlantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida konferensiya tashkil etilgan edi. Mazkur xalqaro anjuman 2019-yilda ikkinchi bor oʻtkazilib, anʼanaviy tus olgan ushbu tadbirda bir qator mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, OTMlarining taniqli olimlari hamda xorijiy kompaniyalarning vakillari ishtirok etishdi.

27-28 oktabr kunlari o'tkazilgan joriy yilgi konferensiyaga alohida tayyorgarlik koʻrilib, bu safar anjumanda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatidan mehmonlar qatnashdi. Jumladan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, Ukraina, Belarussiya, Qozogʻiston va Tojikiston kabi davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Xususan, Eksester universiteti (Buyuk Britaniya) professori H.J.Glass, Ural Federal universiteti (Rossiya) rektori V.A.Koksharov, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (Qozogʻiston) professori B.O.Duysebayev va boshqa nufuzli olimlar nomini tilga olib oʻtish mumkin. Konferensiyaning jami ishtirokchilari yurtimiz va dunyo olimlari bilan birga 100 nafardan ortiqni tashkil etdi.

Anjumanning maqsadi — Zarafshon vohasida ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish, xorijiy davlatlar olimlari va mutaxassislari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, xorij va Oʻzbekiston olimlarining fundamental va amaliy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar borasidagi yutuqlarini har tomonlama muhokama qilish, mintaqaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha koʻzga koʻrinadigan olimlar ishtirokida fan va texnikaning dolzarb muammolarini muhokama qilish va hamkorlikdagi faoliyat doirasida ustuvor yoʻnalishlar va vazifalarni belgilab olishdan iborat bo'ldi.

Ilk ish kunida dastlab yalpi majlis, soʻngra shuʼba majlislari boʻlib oʻtdi. Shuʼba majlislari “Geologiya, geotexnologiya va mineral xomashyolarni qayta ishlash”, “Kimyoviy va nanotexnologiya”, “Mashinasozlik, asbobsozlik va avtomatlashtirish”, “Energetika va noanʼanaviy energiya manbalari”, “Qishloq xoʻjaligi va ekologiya” kabi mavzularda qizgʻin ruhda olib borildi.

— Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda, — deydi Toshkent davlat texnika universiteti professori, akademik N.Yusupbekov. — Texnogen chiqindilardan qimmatbaho metallarning ajratib olinayotgani, ishlab chiqarishda ishlatilgan suv resurslaridan qayta foydalanish yoʻlga qoʻyilganligini alohida tilga olish mumkin. Bu kabi yangiliklar, avvalo kadrlar salohiyati oʻsib borayotganligini koʻrsatadi. Mazkur konferensiya ham dunyo tajribasini oʻrgangan holda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishda, shuningdek korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchi kun yana shuʼba majlislari davom etib, mehmonlar Navoiy viloyatidagi bir qator zavodlarda ham boʻlishdi va korxonalar faoliyati bilan tanishishdi. Yakuniy yalpi majlisda shuʼba raislarinining hisobotlari tinglandi hamda xorijlik va yurtimiz olimlarining umumiy xulosalari tinglandi. Konferensiya soʻngida bir qator xorijlik mehmonlarga universitetning esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuning bilan xalqaro konferensiya ishi yakunlanib, barcha qatnashchilarga NDKTU rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.  

— Zarafshon vohasining taraqqiyotida konchilik sohasi, jumladan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining faoliyati muhim ahamiyatga ega, — deydi Ural federal universiteti (Rossiya) rektori V.Koksharov. — Konferensiya doirasida Ural federal universiteti hamda NDKTU oʻrtasida mustahkam hamkorlik oʻrnatish masalalari yuzasidan ham muzokaralar olib borildi. Kelgusida shu asosda bir qator qoʻshma loyihalar amalga oshiriladi.

— Men Oʻzbekistonga ilk bor tashrif buyurdim, — deydi Eksester universiteti (Buyuk Britaniya) professori Hylke Jon Glass jurnalistlarga intervyu berar ekan. — Taassurotlarim cheksiz. Zarafshon vohasiga kelib, bu yerda sanoat sohasida, xususan togʻ-kon sanoatida katta salohiyat va resurs borligiga amin boʻldim. Konferensiyada togʻ-kon ishlarida qazib olish xavfini kamaytirish borasida maʼruza qilayapman. Umuman olganda, bunday konferensiyalar dunyo olimlarining oʻzaro fikr almashishi, ilm-fan yutuqlarini oʻrtoqlashishida muhim sanaladi.

Darhaqiqat, asrlar mobaynida Sharq va Gʻarbni bogʻlab kelgan Buyuk Ipak yoʻlining bir tarmog'i Zarafshon, xususan bepoyon Qizilqum bagʻridan oʻtganligi, bu yerda dehqonchilik, chorvachilik savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa sohalarning rivojida muhim oʻrin tutgan. Demak, Zarafshon vohasi oʻzining tabiiy zaxiralariga boyligi, asrlar davomida bu yerda meʼmorchilik, konchilik, energetika, kimyo sohasining taraqqiy qilishi vohaning rivojlanishiga qulay muhit va sharoit hozirlagani tarix zarvaraqlaridan maʼlum.

Viloyatda har ikki yilda bir marotaba oʻtkazilayotgan mazkur xalqaro anjuman ilmiy gʻoyalarning intensiv rivojlanishiga, ishlab chiqarish bilan fanning integratsiyalashuvini tezlashtirishga, shu bilan birga olimlar va ishlab chiqaruvchi mutaxassislarning faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qilmoqda, deyish mumkin.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Axborot xizmati.