Yangiliklar

“RAQAMLI UNIVERSITET”: NDKTUDA BU BORADA QANDAY LOYIHALAR AMALGA OSHIRLMOQDA?


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida axborot–kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish, oliygohni “Raqamli universitet”ga aylantirish borasida qator saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, asosiy eʼtibor professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun axborot-kommunikatsion texnologiyalar boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlar va elektron hujjat almashish, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etishga qaratilgan. Xususan, universitetning “Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi” tomonidan bu borada faol ish olib borilmoqda.  Universitetda jami kompyuterlar soni qariyb 650 tani tashkil etadi hamda ularning deyarli barchasi internet tarmogʻiga toʻliq ulangan. Universitetning barcha fakultetlari lokal tarmoq va internet tarmogʻi ulangan boʻlib, bugungi kunda ushbu tarmoqlardan professor-oʻqituvchi va talabalar foydalanib kelmoqdalar. Bundan tashqari har bir mashgʻulot xonalariga professor-oʻqituvchilarning axborot texnologiyalaridan unumli foydalanib, dars mashgʻulotlarini olib borishlari uchun universitet fakultetlarida 31 dona interaktiv doskalar va 40 dan ortiq videoproyektorlar oʻrnatilgan. 

Bundan tashqari oʻzlari uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarni tezkor topishlari uchun har bir xonaga internet va lokal tarmoq oʻrnatilgan. Shuningdek, talabalar va oʻqituvchilar foydalanishlari uchun rektorat binosida, fakultetlarda va axborot resurs markazida “WI-FI” zonalar tashkil etilgan.

Universitetda talabalar bilimini baholash uchun kompyuterda test olishda test.ndki.uz platformasi ishlatilib kelinmoqda. Shu bilan birga, masofaviy taʼlimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilayapti. Bu borada 2020-yil 1-apreldan boshlab masofaviy taʼlim platformasi https://ve.ndki.uz/    orqali “MOODLE” tizimi yaratilib, ishga tushirilgan. 

Maʼlumki, “Raqamli universitet” loyihasi doirasida “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqilgan. Ushbu axborot tizimi “Maʼmuriy boshqaruv”, “Oʻquv jarayoni”, “Ilmiy faoliyat” va “Moliyaviy boshqaruv va statistika” axborot tizimlarini oʻz ichiga oladi. 2020-yilning 3 choragidan boshlab ushbu tizim universitetda ishga tushirildi va bugungi kunda uni toʻliq ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Universitetning faollar zali zamon talablariga mos ravishda ovoz kuchaytirgichlar, LED ekranlar, mikrofonlar bilan toʻliq taʼminlangan. Ushbu zalda xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari oʻtkazilib kelinmoqda. Barcha fakultetlarda va rektorat binosida “SMART” xonalar ham tashkil etish borasida jadal ishlar olib borilayapti hamda bugungi kunda ushbu xonalarning bittasi ishga tushirilgan hamda bu yerda diplom himoyalari oʻtkazilib kelinmoqda. Markazimiz tomonidan ikkita “Telegram” bot yaratilgan. Bular rektorga onlayn murojaat va “Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi”ga onlayn ariza yuborish imkoniyatini beradi. Ayni vaqtga kelib universitetda internet tezligi 1000 mb/sek gacha oshirildi. 

Ayni vaqtda oliygohda oʻqituvchilar va talabalar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida qoʻshimcha tadbirlar ham ishlab chiqilayapti. 

Nasriddin AHMEDOV,                                                                                                              NDKTU “Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi boshligʻi”