Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
“Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi kata o’qituvchisi Abdumalik Axmatov
2018-yildan buyon oliygohda talabalarga saboq berib keladi. Shu bilan birga
yosh olim qator masalalar yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Xususan, bir guruh olimlar bilan birgalikda gazlarni
tozalash va sovitish uchun uyurmali skruber ixtiro qilingan bo’lib, mazkur
foydali model 2019-yilda patentlashtirilgan. Ayni vaqtda mazkur ilmiy
ishlanmani amaliyotga tatbiq qilish hamda foydali konstruksiyani ishlab
chiqarish maqsadida Navoiy viloyati
hokimligi bilan amaliy hamkorlik olib borilmoqda.