YANGI O’QUV YILI “MUSTAQILLIK DARSLARI” BILAN BOSHLANDI
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar
universitetida ham darslar qizg'in boshlandi. "Mustaqillik
darslari"da talabalar faol ishtirok etmoqda.
— “Yangi oʻquv yilimiz
“Mustaqillik darslari” bilan boshlanganining oʻziga xos ramziy maʼnosi bor. Zero, mana shunday
shinam auditoriyalarda oʻtirib, emin-erkin bilim berishimiz, farovon hayotimiz
avvalo Mustaqillik bilan bogʻliq! Joriy yilgi bayramning “Yangi Oʻzbekistonda
el aziz, inson aziz” gʻoyasi asosida oʻtkazilayotgani ham bejiz emas”, — deydi
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri, Iqtisod fanlari bo’yicha falsafa
doktori Husan Baqoyev.