Bugungi shukuhli kunlarda “Yangi Oʻzbekistonda el
aziz, inson aziz” ezgu gʻoyasi asosida Mustaqillik ayyomi yurtimizda keng
nishonlanmoqda. Albatta, mustaqil yurtimizda inson qadri har qachongidan ham
yukak darajada ulugʻlanayapti. Bu gʻoya zamirida esa taʼlim sohasiga,
pedagoglarga va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan har bir olimga
qaratilgan chuqur eʼtibor ham mujassam, desam mubolagʻa emas.