Hukumat qaroriga (https://lex.uz/docs/-5818575) asosan
texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy
ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan
o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Ushbu toifadagi abituriyentlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron
platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tishda
abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik
shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni
joriy yilning 25-iyuliga qadar davom
etadi.
Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.