Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida amalga oshirilayotgan mazkur loyihadan maqsad sanoat va ilm-fan jadal rivojlanayotgan Navoiy vohasida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, professorlar, siyosatchilar, ijodkorlar va o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan insonlarni xalqqa tanitish.
Shuningdek universitetga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar bilan ham suhbatlar tashkil etiladi.
Muloqotlar hamisha universitetda o‘tkazilib, unda taklif etilgan mehmonlarning jamiyat, ta’lim, yoshlar, ijod haqida dolzarb hayotiy fikrlari tinglanadi.
Ilk "gurung" yosh olim, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Oybek Qurbonov bilan o‘tkazildi.