Yangiliklar

KONSTITUTSIYAVIY QONUN LOYIHАSIGА QАNDАY TАKLIFLАR BERILDI?


29-iyunь kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining spikeri Nurdinjon Ismoilov, Senat aʼzosi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov, Qonunchilik palatasi deputatlari Kozimjon Tojiev hamda Oʼktam Islomovlar, viloyat faollari, deputatlar, sektor rahbarlari, korxona hamda tashkilotlar vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʼnggi yillarda yurtimizda yuz bergan yangilanishlar, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartish hamda qoʼshimchalarning mazmun-mohiyati haqida soʼz yuritildi.

NDKTU Аxborot xizmati