Yangiliklar

HAMKORLIK ALOQALARI SAMARALI BO‘LDI


Navoiy davlat konchilik institutida joriy yilning 25-26 mart kunlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida ilk bora “Muruntov” forumi boʼlib oʼtdi. Tadbir davomida qatnashchilar Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ishlab  chiqarish obyektlariga tashrif buyurishdi. Shuningdek, ishtirokchilar Navoiy davlat konchilik institutining o‘quv va ilmiy laboratoriya bazasi hamda texnoparki bilan yaqindan tanishib, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va konchilik instituti o‘rtasida yaratilgan chuqur va o‘ziga xos integratsiya tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir ishtirokchilari o‘quv va ilmiy tadqiqot sohalaridagi tajribalarni boshqa oliy ta’lim muassasalariga joriy qilish, laboratoriya bazalaridan jamoaviy foydalanishning samarali mexanizmalarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

 

NDKI Axborot xizmati