Navoiy davlat konchilik institutida “Navro‘z sayli” ko‘tarinkilikda, bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida o‘tkazildi. Institut professor-o‘qituvchilari, talabalari tomonidan rang-barang ko‘rgazmalar, milliy qadriyatlarimizdan bo‘lgan arqon tortish, kurash kabi sport o‘yinlari, badiiy havaskor to‘garak a’zolarinig ijrosidagi milliy raqslar ishtirokchilarda bayramona kayfiyat ulashdi.
“Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” g‘oyasi asosida tashkil etilgan bayram tadbirida institut rektori, “NKMK” AJ Bosh direktori Q.Sanaqulov ishtirok etdi va barchani Navro‘z ayyomi bilan qutladi.
NDKI Axborot xizmati