Yangiliklar

GO‘ZALLIK VA NAFOSAT BAYRAMI KO‘TARINKILIKDA O‘TDI


8 mart–Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Gulshan" tantanalar saroyida institutimizning dilbar va latofatli xotin-qizlari, professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Institut rektori, "NKMK" AJ Boshqaruv raisi-bosh direktori, professor Q.Sanaqulov barcha xotin-qizlarni samimiy qutladi. Ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilaridan  Nurjahon Eshonqulova, Muhabbat Ravshanova, Ra’no Rashidova,  Dilshoda Xotamova va Go‘zal Nurmatova ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar.

Akadimek litseyning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Feruza Nomozovaning hammualliflikda tayyorlagan adabiyotlari Respublika akademik litseylari uchun darslik sifatida tavsiya etildi.

                SHu kuni institutning 30 nafardan ziyod xotin-qizlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bahoriy kuy-qo‘shiqlar kuylandi.

 

NDKI Axborot xizmati