Yangiliklar

ADOLATLI SHOH VA BUYUK SHOIRGA EHTIROM


Navoiy davlat konchilik institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab “Adolatli shoh va buyuk shoir” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Uni institut prorektori Jamoliddin Nazarov  kirish so‘zi bilan ochdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur betakror shoir, zakovatli olim va tarjimon, donishmand tarixchi, yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda. O‘zining 47 yillik hayoti davomida asrlar osha dunyoni hayratga solib kelgan.

Adib ijodining sarchashmasi hisoblangan memuar asar “Boburnoma”, nafaqat milliy adabiyotimizning noyob durdonalaridan, shuningdek jahon adabiyotining nodir namunalaridan biri sanaladi.

Tadbirda institutning Konchilik fakulteti talabalari tomonidan Bobur she’riyati asosida yaratilgan sahnalardan parchalar va kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi,  g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

 

NDKI Axborot xizmati