Yangiliklar

GIYOHVANDLIK - ASR BALOSI


Insoniyat yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlari, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir.

Bugun Navoiy davlat konchilik institutida “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy davlat konchilik instituti yoshlar  masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori J.Nazarov, IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik   A.Matlyubov,  katta tezkor vakillari, podpolkovnik U.Ismoilov, podpolkovnik F.Azgarov, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik B.Qurbonov, viloyat Narkologiya dispanseri vrach-narkologi Sh.G‘affarova, viloyat OITS markazi bosh shifokori o‘rinbosari A.Tillayevlar qatnashdilar.

 

NDKI Axborot xizmati