Hozirgi kunda “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2021 yil 22 apreldagi 2-son qaroriga asosan Jamg‘armaning matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari bo‘yicha 250 o‘ringa mo‘ljallangan (magistratura, doktorantura, stajirovka va malaka oshirish dasturlari) 2021 yildagi birinchi stipendiya tanlovi natijalariga ko‘ra Jamg‘armaning stajirovka o‘tash dasturi bo‘yicha “Jamg‘arma stipendiati” sifatida e’tirof etilib, g‘olib deb topilgan institutimizning “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi tayanch doktorantlari Qodirov Sardor Musurmonovich va Sharipov San’at Shuhrat o‘g‘li Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiya universitetida (BDTU) stajirovka o‘tashmoqda.
Stajirovka doirasida kimyo sanoati tashkilotlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida jahonda ilg‘or OTM lardan bo‘lgan BDTU ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishish, zamonaviy texnologik qurilmalarda ish olib borish bo‘yicha ko‘rinmalarni o‘rganish va Navoiy davlat konchilik instituti bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishish nazarda tutilgan.
Shu maqsadda stajyorlar universitetning tegishli kafedralari va tarkibiy bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasi bilan tanishib, fizik-kimyoviy tadqiqot usullari markazining zamonaviy laboratoriya qurilmalarining ish usullarini o‘rganmoqdalar.