Yangiliklar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2021-YIL 14-YANVARDAGI "SHAXMATNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA OMMAVIYLASHTIRISH HAMDA SHAXMATCHILARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA"GI PQ-4954-SONLI QARORI TO’G’RISIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirdlari to‘g‘riisda”gi PQ-4954-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturining 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifaijrosini ta’minlash maqsadida pedagog xodimlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsion o‘quv metodik qo‘llanma” tanlovi tashkil etildi.                        Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘qituvchilari B.Xolmirzayev, A.Asralxodjayev, S.Nazarov, A.Razzoqovlar tomonidan ishlab chiqilgan “Shaxmat” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmasi 1-o‘rin, Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi D.Yaqubovaning “Shaxmatning boshlang‘ich asoslari” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmasi 2-o‘rin hamda Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi N.Norboyevning “Shaxmat nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmasi 3-o‘rin g‘olibi deb topildi.