Navoiy
davlat konchilik institutida Ural federal universiteti rektori Viktor
Koksharov rahbarligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Ural federal
universiteti QS jahon universitetlari reytingida 351-o‘rinni egallaydi
hamda Rossiya Federatsiyasining etakchi ta’lim va ilmiy maskanlaridan biri
hisoblanadi.
Uchrashuvda
Navoiy davlat konchilik instituti rektori, professor Quvondiq Sanaqulov mehmonlarga Navoiy
kon-metallurgiya kombinati va institut faoliyati, ishlab chiqarish va
ilm-fan uyg‘unligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar,
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan bugungi kundagi hamkorlik aloqalari
haqida ma’lumot berdi.
Olib
borilgan muzokaralar natijasida professor-o‘qituvchilarning o‘zaro
almashinuvi, ilmiy-amaliy ta’lim tadbirlar o‘tkazish, ilmiy
izlanishlarni amalga oshirish kabi masalalarda hamkorlik istiqbollariga
qaratilgan bitim imzolandi.
NDKI Axborot xizmati