Yangiliklar

KO‘KRAK NISHONLARI MUBORAK BO‘LSIN!


Bugun Navoiy davlat konchilik institutining bir guruh professor-o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishonlari bilan mukofotlandi.

Institutda zamonaviy ta’lim sifatini oshirish, talabalarda ishlab chiqarish va fan uyg‘unligini ta’minlashda ularning katta xizmatlari borligini alohida e’tirof etamiz.

Eng ulug’, eng aziz ayyomi arafasida ushbu yuksak mukofot sohiblarini yana bir bor tabriklab, uzoq umr, mustahkam salomatlik va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

NDKI Axborot xizmati