Yangiliklar

UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TMOQDA


Ko‘ngildan boshlangan obodlik, yaratish-yashnatish ishtiyoqi ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbat ifodasiga aylanib, borliqqa ko‘rkamlik, go‘zallik bag‘ishlaydi. Eng ulug‘, eng aziz ayyom — Mustaqillik bayrami arafasida 21 avgust kuni uyushtirilgan umumxalq xayriya hashari respublikamiz bo‘ylab uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

 

Navoiy davlat konchilik instituti va institutning Nukus filiali jamoasi ham 21 avgust kuni erta tongdan oliy ta’lim muassasasi joylashgan bino va inshootlar atrofida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar.

 

NDKI Axborot xizmati