Talabalar turar joyi

Institut talabalar turar joyi zamon talablari darajasida jihozlangan.  Talabalarning yashashi, o‘qishi va dam olishlariga alohida e’tibor qaratilib, qavatlar va xonalarning barchasi kerakli shart-sharoitlar bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyida ikkita sport (voleybol va basketbol) maydonchasi, shuningdek,  5 ta muhim tashabbus xonalari, kompyuter xonasi, san’at va musiqa xonasi, shaxmat-shashka va stol tennisi xonalari mavjud.

TTJda axborot resurs markazi filiali faoliyat olib boradi. Ushbu kutubxonada 4000 (to‘rt ming) dan ortiq badiiy va mutaxassislikka oid adabiyotlar jamlangan.

Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar uchun tikuvchilik-to‘quvchilik va pazandachilik to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.

Institut talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uchun qulay maishiy-madaniy sharoitlar sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilingan holda tashkil etilgan.

Institut talabalar turar joyida talabalarga ijtimoiy psixologik muhitni yaratish maqsadida ularning darsdan bo‘sh vatlarini behuda o‘tkazmasliklari, vaqtini maqsadli va unumli sarf etishlari, ijtimoiy-psixologik fazilatlari, qobiliyatlari va qiziqishlari o‘rganilib institut rektorining ichki buyrug‘iga asosan kafedra haftaliklari kesimida professor-o‘qituvchilar va TTJ tarbiyachi-pedagogi bilan birgalikda turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, baxs-munozaraturli psixologik tavsiyalar, testlar va psixologik treninglar va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinadi.

Talabalar turar joyida fakultetlar Yoshlar Ittifoqi BT etakchilari va faollaridan iborat Talabalar Kengashi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu Kengash a’zolari bevosita tarbiyachi-pedagog bilan birgalikda ish reja asosida faoliyatini olib boradi.

Manzil: Me’morlar ko‘chasi-4