Ilmiy salohiyat

OTMning kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati

 

2020 yil davomida institutning 3 ta fakulteti 14 ta kafedrasi faoliyat ko‘rsatdi. Jami 220 nafar professor-o‘qituvchi, shulardan 28 nafar fan doktori, professorlar hamda 62 nafar fan nomzodlari, dotsentlar faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati institut bo‘yicha 2020 yil holatiga ko‘ra (institutda asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar bo‘yicha) 41,2 % ni tashkil etadi.

Kafedralar kesimida ilmiy salohiyati 40% dan yuqori bo‘lgan kafedralar soni 7 tani tashkil etdi. Bular: Metallurgiya (48,1%), Kimyoviy texnologiya (52%), Iqtisodiyot va menejment (55,5%), Umumiy fizika (50%), Hayot faoliyati xavfsizligi (42,9%), Konchilik ishi (41,2%) va Mashinasozlik texnologiyasi (41,2%) kafedralaridir.

Ilmiy salohiyati 20% dan 40% gacha bo‘lgan kafedralar soni 5 ta, jumladan, Avtomatlashtirish va boshqaruv (27,8%), Kon elektromexanikasi (31,8%),  Elektr energetikasi (38%), Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazish va qayta ishlash (22,2%), Ijtimoiy-gumanitar fanlar (22,2%).

Shuningdek, Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi–12,5%, “O‘zbek va chet tillar”–9,4% ilmiy salohiyatga ega.

 

2020 yilda fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini himoya qilgan professor-o‘qituvchilari to‘g‘risida

MA’LUMOT

2020 yil davomida institutning 23 nafar professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 ta ixtisoslik bo‘yicha 16 ta falsafa doktori va 7 ta fan doktori dissertatsiyalari himoya qilindi.

Ilmiy salohiyat 20% gacha bo‘lgan kafedralarning holati o‘rganildi. Bunday kafedralar asosan, Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi hamda O‘zbek va chet tillar kafedralari hisoblanadi. Respublikaning etakchi OTM laridan hamda Fanlar akademisidan etakchi olimlarni ilmiy maslahatchilik va ilmiy rahbarlikka jalb etish choralari ko‘rildi. O‘zbekiston Milliy universiteti professori T.Ernazarov, Jahon tillari universiteti professori F.Yuzlikayevlar ilmiy rahbarlikka jalb etildi.