QURBON HAYITI MUBORAK BO’LSIN!
Aziz hamkasblar!
Sizlarni ezgulik, mehr-muruvvat va
insonparvarlik ayyomi bo’lgan Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy
tabriklayman.
Qurbon hayiti musulmon olamidagi eng
muqaddas, muborak va ruhan poklanishga da’vat etguvchi ulug’ bayramdir. Bu kun
yaqinlarimiz holidan xabar olib, bemor va keksalardan ko’ngil so’rash,
ehtiyojmandlarga mehr-muruvvat ko’rsatish, gina-quduratlarni unutish,
kechirimli bo’lish azaliy an’anaga aylangan. Ulug’ qadriyatlarni o’zida chuqur
mujassam etgan bu ayyom boshqa savobli amallari bilan ham asrlar osha insoniyat
qalbiga ezguliklarni ulashib kelayapti. Shuning uchun ham Qurbon hayitining
hayotimizdagi o’rni va ahamiyati beqiyos, xalqimiz uchun ardoqli bayram
hisoblanadi.
Barchamiz ushbu ayyomga qizg’in
hozirlik ko’rayotgan shu kunlarda yurtimizda pandemiya bilan bog’liq vaziyatni
inobatga olib, O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining fatvosi e’lon
qilindi. Unda hayit kuni yoshi ulug’ keksalar va bemorlar holidan xabar olish
hamda muborak ayyom bilan tabriklashni aloqa vositalari orqali amalga oshirish,
marhumlar haqiga qilinadigan duoi fotihalarni o’z xonadonida bajarish,
fotihalarga borish hamda o’tganlarning qabrlarini ziyorat qilishdan saqlanish,
qurbonlik go’shti ehsonlarini tarqatishda karantin talablariga qat’iy rioya
etish, hayitni oila davrasida nishonlash tavsiya qilingan.
Albatta, xalqimiz salomatligini o’ylab
qilingan bu da’vatga itoat etish, pandemiya sharoitida o’zimiz, oila a’zolarimiz
va yaqinlarimiz sog’ligini asrash har birimiz uchun ham farz, ham qarz amaldir.
Qadrli hamkasblar!
Muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan
muborakbod etar ekanman, barchangizga mustahkam sog’liq-salomatlik, oilaviy
tinchlik-hotirjamlik, sharafli va mashaqqatli ishlaringizda omadlar tilayman.
Ezgulik va bag’rikenglik ramzi,
hayr-saxovat timsoli, hamjihatligimizning yorqin ifodasi bo’lgan hayit kunlari
qo’limizni duoga ochib, yaqinlarimiz va xalqimizga omonlik tilaylik. Yaratgandan
yurtimizni, xalqimizni turli balo-qazolardan asrashni so’raylik!
Quvondiq SANAQULOV,
Navoiy
kon-metallurgiya
Kombinati bosh
direktori