Institutning 2019-2020
o‘quv yili bitiruvchilari va ularning ishga
joylashganligi bandligi to‘g‘risida
ma’lumot
Institutni 2020 yilda jami
bo‘lib 11 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini 651 nafar bakalavr, 9 ta
magistratura mutaxassisliklarini 42 nafar magistrlar jami 693 nafar talaba
bitirdi.
Bulardan davlat byudjeti asosida 218 nafar, to‘lov-shartnoma
asosida
433 nafar bakalavrlar bitirdi.
Magistratura mutaxassisliklarini davlat byudjeti asosida 18 nafar,
to‘lov-shartnoma asosida 24 nafar jami 42 nafar magistrlar bitirdi.
Institutni jami 693 nafar bitirganlardan 675 nafari 97,4%ning bandligi
ta’minlangan shu jumladan: 607 nafari (87,5%) ishga joylashgan, 46 nafari
(6,6%) magistraturaga o‘qishni davom ettirmoqda, 22 nafar (3,2)
dekret va bola parvarishlash ta’tilidagilarni tashkil etadi.
Institut
bitiruvchilari Navoiy kon metallurgiya kombinati Davlat korxonasi, Navoiy
issiqlik elektr stansiyasi, “Navoiyazot” AJ, “Navoiy elektr tarmoqlari” AJ,
Navoiy “Elektrokimyozavodi” AJ, Navoiy erkin iktisodiy zonada va boshqa korxona
va tashkilotlarga hamda bir qancha kichik va xususiy korxonalarga ishga joylashdilar.