Navoiy davlat konchilik instituti O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi PF-1203-sonli Farmoni hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 26 iyuldagi 289sonli
Qarori bilan tashkil etilgan.
Institut
O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishini
ta'minlash va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati
uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlash maqsadida tashkil
etilgan.
Institutda jami
192 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 10 nafari fan
doktori, professorlar, 54 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Ilmiy salohiyat
ko‘rsatkichi 33% ni tashkil etadi.
Fakultetlar
Konchilik fakulteti
Energo-mexanika fakulteti
Kimyo-metallurgiya fakulteti
Institutda 2500 dan ortiq talaba tahsil oladi.
Ta’lim yo’nalishlari
· Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar
bo‘yicha)
· Metallurgiya
· Elektrotexnika, elektromexanika va
elektrotexnologiyalar (tarmoqlar bo‘yicha)
· Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot
sifatining menejmenti
· Texnologik
jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar
bo‘yicha)
· Konchilik
ishi
· Foydali
qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha)
· Konchilik
elektr mexanikasi
· Mashinasozlik
texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish
· Texnologik
mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)
· Kimyoviy
texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
· Noyob va
radioaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnikasi va
texnologiyasi
Mutaxassisliklar
· Metallurgiya
(metall turlari bo‘yicha)
· Konchilik
mashinalari va jihozlari
· Texnologik
jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)
· Foydali
qazilma konlarini qazish (qazish usullari bo‘yicha)
· Foydali
qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha)
· Mashinasozlik
texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo‘yicha)
· Noorganik
moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
· Noyob va
radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash
texnologiyasi
Ilmiy tadqiqotlar. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish
integratsiyasi
Navoiy, Zarafshon va Olmaliq shaharlarida joylashgan
yerik ishlab chiqarish korxonalarida institutning kafedralar filiallari tashkil
etilgan. Masalan: “Metallurgiya” kafedrasining filiali NKMK 1-sonli
gidro-metallurgiya zavodida, “Elektr energetika” kafedrasining filiali Navoiy
elektr tarmoqlari korxonasida va Navoiy issiqlik elektr stansiyasida,
“Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlari”, “Elektr
texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”, “Texnologik jarayonlar
va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedralarining
filiallari Navoiy mashinasozlik zavodida, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
filiali “Navoiyazot” aksionerlik jamiyatida. Talabalar ushbu kafedra
filiallarida laboratoriya ishlarini amaliyotda bajarish bilan bir qatorda va
ishlab-chiqarish korxonalarining kutubxonalaridagi texnik adabiyotlardan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar