Hurmatli ABITURIYENT!
Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy
ta’lim muassasalari orasidan bizning Navoiy davlat konchilik institutini tanlaganingiz
uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Bizning jamoa o‘z oldiga zamonaviy
bilimlarni egallab, sohaning etuk mutaxassisi bo‘lishni hamda jonajon Vatanimiz
ravnaqiga hissa qo‘shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga o‘z maqsadlariga etishishida
ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.
2020-2021 o‘quv yilida Navoiy davlat konchilik instituti kunduzgi, kechki
va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha 12 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida
925 nafar talabani qabul qiladi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi
bilan yoshlarning oliy ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga
kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda.
Bunday
g‘amxo‘rlik natijasida talabalikka qabul qlingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch
barobarga ortdi. Joriy yilda abiturientlarning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
to‘liq masofadan amalga oshirildi. Bizning Navoiy davlat konchilik instituti kirish
uchun 18004
nafar abiturient hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazdilar.
Bugungi kunda butun jahonda kechayotgan
pandemiya sababli mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari
kechiktirildi. Bu avvalo, Siz - yoshlarning salomatligingizni o‘ylab, o‘z bilimingizni namoyon qilish
uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit
yaratish maqsadida qilindi.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi
bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi markaziy stadionlarda, ya’ni
ochiq maydonlarda karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020 yil sentyabr
oyining 2-sanasidan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Siz pasportingiz va DTM
ruxsatnomangiz bilan ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga belgilangan vaqtda
etib kelishingiz zarur. Eslatib o‘tamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy
yilning 22 avgustidan boshlab DTM sayti (www.dtm.uz) dagi shaxsiy kabinetingiz orqali
olishingiz mumkin!
Muhtaram Abituriyent!
Imtihon kuni belgilangan manzilga
karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni ta’minlab, yaxshi kayfiyatda
va o‘z vaqtida etib kelishingizni so‘raymiz.
Aziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini
onlayn kuzatib borishlarini so‘raymiz.
Kirish imtihonlarining o‘tish
muddati, jadvali va natijalari hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni Navoiy
davlat konchilik instituti sayti (www.ndki.uz),
shuningdek info@ndki.uz elektron adresga yoki (79) 224-75-88, (79) 224-37-56, (79)
224-87-61, (79) 224-50-47, (79) 224-16-21 raqamli telefonga murojaat
etishingiz mumkin.
Unutmang, faqat puxta
tayyorgarlik va kuchlim bilim bilangina talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishingiz
mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa
ham bilim olish va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtatmang. Sizga ushbu sinovlardan
muvaffaqiyatli o‘tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Omad yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Navoiy davlat konchilik Instituti rektori Q.S.Sanaqulov