Объявления

Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi

Navoiy davlat konchilik instituti stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 2022-yil uchun qabul e’lon qiladi

 

Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi Navoiy davlat konchilik instituti stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 2022-yil uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha

QABUL E’LON QILADI

 

Stajyor-tadqiqotchilik

 

02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosida materiallar olish texnologiyasi” – 1 nafar;

04.00.10 - Geotexnologiya (ochiq yer osti va qurilish)” – 1 nafar;

05.05.01 - “Energetika tizimlari va majmualari” – 1 nafar;

 

 

Tayanch doktorantura

 

02.00.01 - “Noorganik kimyo”2 ta

02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosida materiallar olish texnologiyasi – 3 nafar;

02.00.14 - “Organik moddalar va ular asosida materiallar olish texnologiyasi3 nafar;

02.00.16 - “Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari” 1 nafar;

04.00.10 - Geotexnologiya (ochiq yer osti va qurilish)” 5 nafar;

05.05.01 - “Energetika tizimlari va majmualari”4 nafar.

 

 

Qabul to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar

 

Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga kirish uchun suhbat 2021-yilning 1-25-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchilar mutaxassislik bo‘yicha suhbat asosida tanlab olinadi.

 

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

– chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rgangan xorijiy til);

– mutaxassislik.

Stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha 1997-yilgacha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi lozim.

 

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha 1997-yilgacha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lishi;

 

Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

– Magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari

Ish joyidan tavsifnoma.

Pasport nusxasi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2021-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi  http://phd.mininnovation.uz  rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

 

Hujjatlar 2021 yilning 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi. Manzilimiz: 210100, Navoiy sh. Maxmud Tarobiy kochasi 72.                   

Тел.: +998 79 223 2332;  Faks: +998 79 223 4966

e-mail: nvmi_info@edu.uz; info@ndki.uz; https://www.ndki.uz