Institutning 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchilari va ularning ishga joylashganligi bandligi to‘g‘risida ma’lumot
Institutni 2020 yilda
jami bo‘lib 11 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini 651 nafar bakalavr, 9 ta magistratura
mutaxassisliklarini 42 nafar magistrlar jami 693 nafar talaba bitirdi.
Bulardan davlat byudjeti asosida 218 nafar, to‘lov-shartnoma asosida
433 nafar bakalavrlar bitirdi.
Magistratura mutaxassisliklarini davlat
byudjeti asosida 18 nafar, to‘lov-shartnoma asosida 24 nafar jami 42 nafar magistrlar
bitirdi.
Institutni jami 693 nafar bitirganlardan
675 nafari 97,4%ning bandligi ta’minlangan shu jumladan: 607 nafari (87,5%) ishga
joylashgan, 46 nafari (6,6%) magistraturaga o‘qishni davom ettirmoqda, 22 nafar (3,2) dekret va bola parvarishlash ta’tilidagilarni
tashkil etadi.
Institut
bitiruvchilari Navoiy kon metallurgiya kombinati Davlat korxonasi, Navoiy issiqlik
elektr stansiyasi, “Navoiyazot” AJ, “Navoiy elektr tarmoqlari” AJ, Navoiy “Elektrokimyozavodi”
AJ, Navoiy erkin iktisodiy zonada va boshqa korxona va tashkilotlarga hamda bir
qancha kichik va xususiy korxonalarga ishga joylashdilar.
Institut
bitiruvchilarining 60 foizdan ko‘proq qismi Navoiy kon metallurgiya kombinati Davlat
korxonasi uning tarkibiy bo‘limlari Markaziy kon boshqarmasi Zarafshon sh., SHimoliy
kon boshqarmasi Uchquduq sh., Janubiy kon boshqarmasi Nurobod sh., 5-kon boshqarmasi
Zafarobod sh, Navoiy mashinasozlik zavodi Navoiy sh., Gidro-metallurgiya zavodi
(GMZ 1) Navoiy sh. Gidro-metallurgiya zavodi (GMZ 2) Zarafshon sh., Gidro-metallurgiya
zavodi
(GMZ 3) Uchkuduk sh., Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasiga ishga joylashgan.