Ish vaqti: 8-00 dan 16-00 gacha

FAX: +(0 436) 223-49-66

Abuturiyentga
Abituriyent uchun Bakalavr va Magistratura haqida ma'lumot
Talabaga
Talaba uchun ma'lumot va resurslar
Ilmiy tadqiqot
Ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid
Interaktiv xizmatlar
Navoiy davlat konchilik instituti interaktiv xizmatlari ro'yxati




PRINT

Xalqaro aloqalar bo'limi

Bo'lim boshlig'i: O'rinov Sherali Raufovich

Telefon: +998(79) 223-47-16

E-mail: intdep@ndki.uz, sh_urinov@mail.ru

 

Bo'lim uslubchisi: Sharipova Shoxsanam Qulmonovna

Telefon: +998(79) 223-47-16

E-mail: intdep@ndki.uz

 

Bo'limning maqsadi:

  • Institutning tarkibiy bo'limlari, hodimlari va tahsil oluvchilarining halqaro faoliyatini rivojlantirish;
  • Xorijiy ta'lim va madaniy markazlari, fondlari hamda chet el davlatlarining ta'lim, ilmiy va madaniy vakolatxonalari bilan hamkorlikda Institutning madaniy hayoti, ilmiy faoliyati va ta'lim jarayonini rivojlantirish.

Bo'limning vazivfalari:

  • Bo'limning yarim yillik va istiqbolli ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Ta'lim, ilmiy va madaniy dasturlar, loyihalar, tanlovlar va grantlar bo'yicha ma'lumotlarni e'lon qilish tizimini yaratish;
  • Institutning ilmiy loyihalari va ta'lim dasturlari bo'yicha reklama ma'lumotlarini berish;
  • Institut hodimlari va talabalarini xalqaro dastur va loyihalarda qatnashishiga maslahat yordamini ko'rsatish, shuningdek, universitetning ta'lim, ilmiy va madaniy dasturlari hamda loyihalarida chet el ta'lim muassasalari, institutlari va horijliklarning qatnashishiga yordamlashishni ta'minlash;
  • Institut tarkibiy bo'limlarining xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirish.

Bo'limning funksiyalari:

  • Bo'limning joriy va istiqbolli vazifalarini belgilash va universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirish;
  • Institut fakultetlarining hodimlari va talabalariga xalqaro dasturlar, loyihalar, tanlovlar va grantlar haqida ma'lumot berish va qidirish;
  • Viza olishga ko'maklashishni ta'minlash, xalqaro dasturlar, loyihalar, grantlarda qatnashish haqida maslahat berish;
  • Xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun chet el fondlari bilan hamkorlikda tadbirlarni amalga oshirish va tashkillashtirish;
  • Taklif qilingan ma'ruzachilar va olimlarning turar joyini hamda horijiy delegatsiyalarning tashriflarini tashkillashtirishda qatnashish;
  • Institutning ta'lim ilmiy va madaniy faoliyatlarini ommalashtirish maqsadida taqdimotlar, xorijiy ko'rgazmalarni tashkillashtirishda qatnashish;
  • Institut hodimlari va talabalarining horijiy hizmat safarlarini ro'yhatga olish va nazorat qilish;
  • Institutning web-sahifasini bo'lim haqidai ma'lumotlar bilan ta'minlash;
  • Institutning horijiy ta'lim va ilmiy muassasalari, tashkilotlari va fondlari bilan hamkorlik shartnomalarini monitoring qilish.
Navoiy davlat konchilik instituti