Ish vaqti: 8-00 dan 16-00 gacha

FAX: +(0 436) 223-49-66

Abuturiyentga
Abituriyent uchun Bakalavr va Magistratura haqida ma'lumot
Talabaga
Talaba uchun ma'lumot va resurslar
Ilmiy tadqiqot
Ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid
Interaktiv xizmatlar
Navoiy davlat konchilik instituti interaktiv xizmatlari ro'yxati




PRINT

Navoiy Davlat Konchilik Instituti nizomi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY KON – METALLURGIYA KOMBINATI
DAVLAT KORXONASI 
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
 
I.Umumiy  qoidalar
1. Navoiy davlat konchilik instituti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi № UP- 1203 qaroriga asosan tashkil etilgan.
Respublika Prezidentining 2001 yil 12 apreldagi  UP №2829 Farmoyishi bilan Navoiy davlat konchilik instituti respublikaning kon-metallurgiya sohasi uchun mutaxassislar, shuningdek kon qazish va metallurgiya yo`nalishli kasb kollejlari uchun muhandis – pedagog kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy o`quv muassasasi deb belgilangan.
2. Institutning rasmiy nomlanishi: 
Navoiy davlat konchilik instituti (NDKI) 
Навоийский государственный горный институт (НГГИ)
3.  Institutning yuridik manzili: Navoiy shahri,  Janubiy kuchasi, №27 -uy 
4. Institut Navoiy kon-metallurgiya kombinati huzuridagi yuridik shaxs hisoblanadi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 13 apreldagi № 173–sonli, hamda 2004 yil 19 maydagi № 237–sonli "Ta'lim to'g`risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga asosan va O'zbekiston Respublikasining qonuniy va me'yoriy –huquqiy  hujjatlariga,  shuningdek ushbu Ustavga muvofiq o'z faoliyatini amalga oshiradi. 
Navoiy davlat konchilik instituti amaliy boshqaruvda xolis mulkka, hisob kitobga va boshqa hisoblarga, shu jumladan bank muassasalarida valyuta hisobiga, O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan va o'z nomi kiritilgan muhrga, shtampga va boshqa rekvizitlarga egadir.
II. Muassasaning faoliyat maqsadi
5. Navoiy davlat konchilik institutini barpo etishdan maqsad respublikaning kon-metallurgiya sohasi uchun mutaxassislar, shuningdek kon qazish va metallurgiya yo'nalishli kasb kollejlari uchun muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
6. Navoiy konchilik institutining faoliyat maqsadi quyidagilardan iborat:
•Oliy va oliydan so'nggi ta'lim olish vositasida shaxsning intellektual, madaniy va ma'naviy axloqiy rivojlanish talabini qondirish;
•Barkamol rivojlangan va sadoqatli shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, xalq, jamiyat, oila oldida o'z ma'suliyatini anglab etuvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qadrlovchi, xalq an'analarini yuksaltiruvchi va ko'paytiruvchi, o'z ona yurtining kelajagi uchun haqqoniy va vijdonan mehnat qiluvchi o'z yurtining vatanparvarini shakllantirish;
•Ilmiy pedagog xodimlar va ta'lim oluvchilarning ijodiy faoliyati va tadqiqotlar vositasida fanni rivojlantirish, olingan natijalarni ta'lim jarayonida qo'llash; iqtisod sohalariga mos keluvchi oliy ma'lumotli xodimlar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish;
•Jamiyatning ma'naviy, madaniy va ilmiy boyliklarini asrash va ko'paytirish. Aholi o'rtasida ilmni keng yoyish, aholining ilmiy va madaniy darajasini yuksaltirish.
III. O'quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlar sub'ektlari, ularning huquqlari va vazifalari
a) Talabalar
7.  Institut rektori buyrug`i bilan o'qish uchun ro'yxatdan o'tgan shaxs Navoiy davlat konchilik instituti talabasi hisoblanadi va unga talabalik guvohnomasi xamda reyting daftarchasi beriladi.
8. Navoiy davlat konchilik institutiga qabul qilish o'rta (to'liq) umumiy, kasbiy-texnikaviy, o'rta-maxsus (texnikumlar, kollejlar, bilim yurtlari va boshqa) va kasbiy (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) ta'limga ega shaxslarning arizasi bo'yicha "O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlariga talabalarni qabul qilish qoidalari va tartibi haqidagi Nizomga muvofiq davlat test sinovlari natijalari bo'yicha o'tkaziladi. 
9.  Navoiy davlat konchilik instituti talabalari quyidagi huquqlarga ega:
•Fan texnika, madaniyat rivojlanishining hozirgi zamon darajasiga mos ilm olish, muhim masalalarni muhokama qilish va yechishda ishtirok etish;
•Institut faoliyatida, shu jumladan jamoat tashkilotlari va institutning boshqaruv organlari orqali ishtirok etish;
•Kutubxonadan, axborot zahirasidan, o'quv, ilmiy, davolovchi xizmatlardan, institut bo'limlari xizmatidan bepul foydalanish;
•Barcha turdagi ilmiy-tadqiqot ishlarda, anjumanlarda, simpoziumlarda ishtirok etish, o'z ishlarini nashrga taqdim etish, shu jumladan institut nashriga taqdim etish;
•Tanlangan yo'nalish bo'yicha o'quv predmetidan tashqari Navoiy  davlat konchilik institutida shartnoma asosida o'qitiladigan boshqa har qanday predmetni o'zlashtirish;
•Belgilangan qonunchilik tartibida institut ma'muriyatining buyruq va farmoyishidan shikoyat qilish;
•Belgilangan qonunchilik tartibida harbiy mutaxassislik bo'yicha ta'lim olish;
•O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qarshi bo'lmagan institut tomonidan qabul qilingan boshqa huquqlardan foydalanish.
       10. Davlat granti asosida kunduzgi bo'limda o'qiydigan talabalar O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda va hajmda stipendiya bilan ta'minlanadilar. Talabalar muvofiqlashgan qoidalar asosida nomlangan, shuningdek ularni o'qishga yo'naltirgan yuridik va jismoniy shaxs tomonidan belgilangan stipendiyalarni olishi mumkin, tibbiy ko'rsatkichlar va boshqa mustasno holatlarda ta'lim muassasasi talabasiga "Oliy ta'lim to'g`risidagi Nizom”ga muvofiq akademik ta'til (otpusk) beriladi
1 kurs talabalariga mustasno hollarda jiddiy sabab ko'rsatilgan hollarda, shaxsiy tartibda akademik ta'til beriladi. 
Navoiy davlat konchilik institutida O'zbekiston Respublikasi umumiy harbiy majburiyat qonunchiligiga muvofiq kunduzgi bo'limda o'qiydigan talabalarga harbiy xizmatga chaqiruv muddatini kechiktirish beriladi.
Yashash joyiga ehtiyojmand bo'lgan talabalar sanitar holatlar va qoidalarga javob beradigan yotoqxona joyi bilan ta'minlanadilar. Yotoqhonada yashash, kommunal va turmush sharoiti xizmati uchun talabalarning pul to'lovi hajmi qonunchilikka binoan belgilanadi. Yashash joyiga ehtiyoji bo'lgan talabalarga berilgan yashash joylaridan boshqa holatlarda foydalanish ( ijaraga berish va boshqa kelishuvlar) taqiqlanadi.
Kunduzgi bo'limda o'qiydigan talabalarga o'quv soatlaridan bo'sh vaqtlarda institutning o'zida yoki boshqa har qanday ishda mehnat shartnomasi bo'yicha ishlashga ruxsat beriladi.
Navoiy davlat konchilik institutini tugatgan talabalar Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bo'limlariga ishga joylashishlari mumkin.
11. O'z hohishiga yoki sabab bilan Navoiy davlat konchilik institutidan o'qishdan chetlatilggan talaba, o'sha o'qish asosi (pulli yoki pulsiz) saqlangan holda, chetlatishdan so'ng 5 yil davomida o'qishga tiklanish huquqiga ega.
Sababsiz holda o'qishdan chetlatilgan talaba ta'lim olishning to'lov shartnomasi asosida o'qishga tiklanadi. Talabalarni o'qishga tiklash "Oliy va o'rta-maxsus o'quv yurtlarida talabalarni o'qishdan chetlashtirish, tiklash va ko'chirish to'g`risidagi Nizomga” asosan belgilanadi.
Navoiy davlat konchilik instituti talabalari boshqa oliy o'quv yurtlariga ko'chirish (tiklash) huquqiga ega.
Akkreditatsiyalanmagan oliy o'quv yurtidan Navoiy davlat konchilik institutiga talablarni o'qish uchun ko'chirish (tiklash) taqiqlanadi.
Bir akkreditatsiyalanmagan oliy o'quv yurtidan ikkinchi akkreditatsiyalanmagan oliy o'quv yurtiga ko'chirishni (tiklash) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi belgilaydi.
12. Navoiy davlat konchilik instituti talabalari bilim olishga, oliy ta'lim o'quv dasturlari va o'quv dasturlari va o'quv rejalarida ko'zda tutilgan barcha vazifalarni belgilangan muddatda bajarishga, Navoiy davlat konchilik instituti ustaviga, ichki tartib va yotoqxona qoidalariga amal qilishga majburdirlar.
O'qitish bilan bog`liq bo'lmagan, o'quv mashg`ulotlari vaqti hisobiga talabalarni ishlatish taqiqlanadi, O'zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarida ko'zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
13. Ushbu Ustavda va oliy ta'lim muassasi ichki tartibida ko'zda tutilgan majburiyatlar buzilganda talabalarga quyidagi intizomiy choralar ko'riladi: hayfsan, institutdan xaydash.
Intizomiy chora talabaning aybi aniqlangandan 1 oy muddat ichida, uning kasalligi yoki ta'tilda bo'lganligini hisoblanmasdan, qo'llaniladi. Chorani olti oydan so'ng qo'llash mumkin emas. Talabalar kasal bo'lganda akademik ta'til yoki homiladorlik va tug`ish ta'tillari vaqtida ularni o'qishdan chetlashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
14. Navoiy davlat konchilik institutida sirtqi bo'limda o`qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining  248 – 257 bandlarida ko'rsatilganidek, ularning ish joyidan imtiyozlar ( ish haqi saqlangan va saqlanmagan holda qo'shimcha ta'til, ta'lim muassasi joylashgan joygacha yo'l kira to'lash va boshqalar beriladi.
b) Tinglovchilar
15. Navoiy davlat konchilik institutining tinglovchilari bo'lib fakultetda malaka oshirishda o'qiyotgan shaxslar sanaladi. Tinglovchilar mavqei belgilangan o'qitish shaklida ta'lim xizmatidan foydalanishda institut talabalari mavqeiga tenglashtiriladi. Kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, tinglovchilarning o'qish sharoiti va huquqlari muvofiqlashgan Nizomlar bilan belgilanadi.
v) Aspirantlar, doktorlar, talabgor (toliblar) va tadqiqotchi stajyorlar
16. Navoiy davlat konchilik institutida fan nomzodi, ilmiy darajasi uchun talabgor bo'lgan dissertatsiya tayyorlovchi shaxslar  aspirantlar deyiladi.
Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlik uchun dissertatsiya tayyorlovchi, fan nomzodi ilmiy darajaga ega bo'lgan shaxslar doktorantlar deyiladi.
Talabgor (toliblar) bo'lib, kafedraga biriktirilgan va nomzodlikka yoki fan doktorligi uchun dissertatsiya tayyorlovchi shaxslar sanaladi.
Oliy o'quv yurtini tugatgan iqtidorli, ilmiy-tadqiqot ishlariga berilgan institutning yuqori malakali olimi tomonidan ilmiy faoliyatga tayyorlanayotgan shaxslar stajyor-tadqiqotchi deyiladi.
17. Navoiy davlat konchilik instituti aspiranturasiga oliy ma'lumotga ega, diplomli mutaxassis, O'zbekiston Respublikasi fukarolari tanlov asosida qabul qilinadi. Aspiranturada o'qish kunduzgi va sirtqi shaklda amalga oshiriladi. Aspiranturada kunduzgi bo'limda o'qish 3 yildan, sirtqi o'qish 4 yildan oshmasligi lozim. Faqatgina Davlat namunasidagi oliy ma'lumot haqidagi hujjat aspiranturaga kirish huquqini beradi . Magistr diplomi bilan birga bakalavr diplomi ham taqdim etiladi.
Aspirantura va doktoranturaga kirish tartibi, shuningdek talabgorlarni institutga biriktirish, aspirantlar, doktorantlar talabgorlarning dissertatsiya ustida ishlashlari bilan bog`liq imtiyozlar berish, ularning belgilangan huquq va burchlari O'zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilanadi, xorijiy fuqarolarning huquqlari O'zbekiston Respublikasi ilmiy muassasalariga va o'quv yurtlariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi to'g`risidagi Nizom bilan belgilanadi.
Stajirovkani qayd etish tartibi, vaqti va stajirovka sharoiti, shuningdek stajyor-tadqiqotchining ish haqi hajmi fan va texnika Davlat ko'mitasi tomonidan tasdiqlangan, oliy o'quv yurtlarida mavjud bo'lgan stajyor-tadqiqotchi haqidagi Nizom bilan belgilanadi.
g) Navoiy davlat konchilik institutining professor - o'qituvchilar tarkibi,  o'quv-yordamchi va ma'muriy-xo'jalik xodimlari 
18. Navoiy davlat konchilik institutida professor-o'qituvchilar, ilmiy xodim, muhandis-texnik, ma'muriy-xo'jalik, ishlab chiqarish, o'quv yordamchi va boshqa xodimlar lavozimlari mavjud. Professor-o'qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi va assistent lavozimlari kiradi.
19. Professor-o'qituvchilar tarkibidagi lavozimlarga o'rindoshlik mehnat shartnomasi bo'yicha tanlov asosida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan "Oliy o'quv yurtlariga pedagogik kadrlarni ishga qabul qilish tartibi to'g`risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Navoiy davlat konchilik institutining professor-o'qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
•Belgilangan tartibda institutning ilmiy kengashiga saylash va saylanish;
•Institut faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish va echishda ishtirok etish;
•Jamoa shartnomasiga binoan institutning kutubxona xizmatidan, axborot fondidan, o'quv va ilmiy bo'limlaridan, shuningdek  ijtimoiy, davolash va boshqa tizimlardan bepul foydalanish;
•O'qitishning usul va vositalarini tanlash, o'quv va ilmiy jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlovchi ilmiy tadqiqotlar o'tkazish;
•Belgilangan qonunchilik tartibida Navoiy davlat konchilik instituti rektorining buyruq va farmoyishlaridan shikoyat qilish;
•O'z kasbiy faoliyatida tashkiliy va moddiy-texnik ta'minlanish;
•O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Navoiy davlat konchilik institutida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo'lish;
21.Navoiy davlat konchilik institutining professor-o'qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari bajarishga majburdirlar;
•Oliy va oliy ta'limdan so'nggi ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'quv kurslarining mazmunini aniqlash;
•Pedagogik va o'quv jarayonlarining yuqori samaradorligini ta'minlash;
•Ushbu Ustavga amal qilish;
•Talabalar bilan doim, shu jumladan o'qishdan tashqari vaqtda ham, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borishda bevosita ishtirok etish;
•Ta'lim oluvchilarda o'zlari tanlagan kasbiy yo'nalish (mutaxassislik) tayyorgarligida kasbiy sifatlarni, fuqarolik o'rnini, zamonaviy madaniyat va demokratiya sharoitida mehnatga hamda hayotga salohiyatni shakllantirish;
•Ta'lim oluvchilarda mustaqil fikrlashni, tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatlarni o'stirish;
•O'z malakasini o'stirish ustida muntazam ishlash:
 Qonunchilikda ko'zda tutilgandan tashqari o'zlarining kasbiy majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish o'qituvchilarga taqiqlanadi.
22. O'qituvchilarning ish o'rinlari qisqarishi hisobiga ma'muriyat tashabbusi bilan ishdan bo'shatishga faqatgina o'quv yili oxirida ruxsat beriladi.
23. Navoiy davlat konchilik instituti professor o'qituvchilar tarkibi malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratishni 3 yilda bir martda kafillikka oladi. 
24. Navoiy davlat konchilik instituti ma'muriy xo'jalik, muhandis-texnik, ishlab chiqarish o'quv yordamchi va boshqa  xodimlarning xuquq va majburiyatlari institut ichki tartib qoidalari va tegishli yo'riqnomalar bilan belgilanadi.
IV. O'quv-tarbiyaviy va ilmiy - uslubiy ishlar
25. Navoiy davlat konchilik instituti oliy va oliydan so'nggi ta'limning asosiy o'quv dasturlarini, qo'shimcha kasbiy ta'lim dasturlarini (qayta tayyorlash va kadrlar mal
akasini oshirish) quyidagi yo'nalish va mutaxassisliklar bo'yicha amalga oshiradi:
1) Oliy ta'lim  (bakalavriat) kunduzgi ta'lim shakli.
5111000Kasbiy ta'lim (konchilik ishi)
5310200Elektroenergetika (sohalar va yo'nalishlar bo'yicha)
5310300Metallurgiya
5310700Elektrotexnika, elektromexanika i elektrotexnologiya(sohalar bo'yicha)
5311000Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (sohalar bo'yicha)
5311600Konchilik ishi
5320200Mashinasozlik texnologiyasi va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.
5320400Ximiya texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo'yicha)
5321100Noyob va radiaktiv metallarni qazish va qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi
 Navoiy davlat konchilik institutida yuqorida keltirilgan ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislarni (bakalavrlarni) tayyorlash belgilangan  ekstern tartibida amalga oshirilishi mumkin.
2) Oliy ta'lim  (magistratura)
Kunduzgi o'qish shakli
5A520401  Metallurgiya (metall turlari bo'yicha)
5A520601  Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlash (ishlab chiqarish bo'yicha)
5A521305  Konchilik mashinalari va jihozlash
5A522401  Noorganik moddalarning ximiyaviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha)
5A523801 Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va ishlab chiqarish (sohalar bo'yicha)
5A540201  Foydali qazilmalarning konlarini ishlab chiqarish (ishlab chiqish usullari bo'yicha)
5A540203 Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo'yicha)
5A541601  Noyob va radiaktiv metallarni qazib olish, boyitish va rudalarni qayta ishlash texnologiyasi.
 Navoiy davlat konchilik institutida yuqorida keltirilgan ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislarni  (magistrlarni) tayyorlash belgilangan tartibda ekstern  shaklida utkaziladi.
3. Oliy ta'limdan  so'nggi ta'lim
Aspirantura
1. 05.15.02 Foydali qazilmalar konlarining yer osti ishlab chiqishi;
2. 05.15.03  Ochiq kon ishlari;
3. 05.15.08  Foydali qazilmalarning boyitilishi                  
4. 05. 11.01 Rangli metallar metallurgiyasi
5. 05.13.10 Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni boshqarish
Doktorantura
1.05 15.02 Foydali qazilmalar konlarining yer osti ishlab chiqishi; 
2.05.15.03 Ochiq kon ishlari.
4. Qo'shimcha kasbiy ta'lim
(Qayta tayyorlash va malaka oshirish institut kafedralaridagi yo'nalishli mutaxassisliklar bo'yicha amalga oshiriladi).
26. Navoiy davlat konchilik instituti oliy ta'limning asosiy ta'lim dasturlarini 2 bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.
Bakalavriat – yo'nalishli tayyorlash 4 yilgacha davom etuvchi asosiy va qo'shimcha bilim beruvchi tayanch oliy ta'lim. Bakalavrlik dasturi oxirida bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakuni bo'yicha "bakalavr” darajasi va davlat namunasi diplomi beriladi.
Magistratura – bakalavriat bazasida aniq mutaxassislik yo'nalishi tayyorlovchi, asosiy va qo'shimcha bilim beruvchi, 2 yilgacha davom etuvchi oliy ta'lim.
Magistrlik dasturi oxirida bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo'yicha aniq mutaxassislik yo'nalishi asosida "magistr” darajasi va davlat namunasi diplomi beriladi.
Davlat namunali bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga kasbiy faoliyat bilan shug`ullanish yoki olingan yo'nalishli tayyorgarlik (mutaxassislik) bilan ta'lim muassasalarida keyingi ta'lim darajasini olish uchun o'qishni davom ettirish huquqini beradi.
Magistraturaga qabul tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan "magistratura haqida”gi Nizom bilan belgilanadi.
Oliy ta'limning turli darajalarida asosiy ta'lim dasturlari bo'yicha birinchi ta'lim olish ikkinchi oliy ta'lim olish deb qaralmaydi.
27. Navoiy davlat konchilik intitutida ta'lim jarayonini tashkil qilish o'quv rejalari (ta'lim dasturlari fanlar bo'yicha o'quv kurslariga va ta'lim olish yillariga ajratilgan holda), yillik taqvimiy o'quv jadvaliga va mashg`ulotlar jadvaliga bo'linib hamda institut tomonidan mustaqil tasdiqlanib olib boriladi.
Institut o'quv jarayonini maqsadga yo'naltirish yo'li bilan, to'gri shakl tanlash bilan, usul va vositalarni tanlab talabalarning oliy ta'lim asosiy o`quv kasbiy dasturlarini o'zlashtirishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga mas'uldir.
O'quv va tarbiya jarayoni birligi davlat ta'lim standartlari bilan ta'minlanadi.
28. Navoiy davlat konchilik institutida quyidagi turda asosiy o'quv mashg`ulotlari belgilangan: ma'ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg`ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyixalari (kurs ishlari), malakaviy bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi.
Barcha auditoriya mashg`ulotlari uchun 80 daqiqali akademik soat va 10 daqiqadan oshmagan o'quv mashg`ulotlari o'rtasida tanaffus belgilangan. Ta'lim va tarbiya tili o'zbek va rus tili sanaladi.
29. Navoiy davlat konchilik institutida mutaxassislarni tayyorlash Nizomga muvofiq kunduzgi shaklda olib boriladi.
Oliy ta'limning asosiy kasbiy ta'lim doirasida ta'limning barcha shakllari uchun yagona davlat ta'lim standartiga amal qilinadi.
30. Navoiy davlat konchilik institutida o'quv yili 2 ta semestrga bo'linadi, Har birining yakunida talabalar o'zlashtirishi reyting nazorati shaklida yakunlanadi (yakuniy attestatsiya). Kunduzgi bo'limda o'qiyotgan talabalar uchun o'quv yilida 2 marta, umumiy davomiyligi 4 haftadan oshmagan holda ta'til beriladi.
Talabalar bilimi reyting tizimidagi yiqilgan ballar soni va o'zlashtirishning yakuniy attestatsiyasi natijalariga ko'ra aniklanadi va "a'lo”, "yaxshi”, "qoniqarli”, "qoniqarsiz” deb baholanadi. O'zlashtirgan talabalarni kursdan kursga ko'chirish fakultet dekanlari tavsiyasi bilan rektor buyrug`i asosida amalga oshiriladi. Shartli ko'chirishga yo'l qo'yilmaydi.
Oliy ta'limning ta'lim dasturini o'zlashtirish bitiruvchilarning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq majburiy yakuniy attestatsiya bilan yakunlanadi. 
31. Navoiy davlat konchilik institutida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni o'zlashtirish hisobiga mutaxassislar sifatini yuksaltirishga, individual o'qitish vositalariga va o'z ustida ishlashga, tayyorlashning va masofali o'qitishning modul tizimlarini tadbiq qilishga yo'naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar olib boriladi.
32. Navoiy davlat konchilik institutida oliy ta'limdan keyingi ta'lim doirasida O'zbekiston Respublikasi bitiruv attestatsiya hay'ati tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo'yicha aspirantura va doktoranturaga ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek fan doktori, fan nomzodi darajasiga talabgorlarni biriktirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim olish tartibi uzluksiz ta'lim tizimida ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash haqidagi Nizom bilan belgilanadi.
Navoiy davlat konchilik institutida "MPIni er osti ishlab chiqish”, ”Ochiq konchilik ishlari”, "Foydali qazilmalarni boyitish” mutaxassisliklari bo`yicha olimlik darajasi, fan nomzodini berish bo'yicha maxsus kengash ish olib boradi.
33. Navoiy davlat konchilik institutida kon-metallurgiya sanoati xodimlarini qayta tayyorlash va malakalarini oshirish fakultetida qo`shimcha ta'lim kasbiy dasturlari ishlab chiqiladi.
Institutda ta'lim xizmatining bozor infratuzilmasini belgilovchi mutaxassisliklar bo`yicha 1yillik qiska muddatli pullik kasbga oid o`qish kurslari tashkillashtirilgan.
Qayta tayerlash va malaka oshirish fakultetlaridagi ta'lim natijalariga ko`ra, shuningdek kurslarda davlat namunasi bilan belgilangan guvonoma beriladi.
34. Navoiy davlat konchilik institutida bajariladigan ishlar sifati va xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlanib, ilmiy kengash tematik rejalari asosida talabalar, aspirantlar, doktorantlarni keng jalb qilgan xolda ilmiy tadqiqotlar va ijodiy ishlar o'tkaziladi. 
Ilmiy tadqiqotlar quyidagi mablag`lar  hisobiga moliyalashtiriladi;
- fan va texnikaning muhim yo`nalishlari buyicha asosiy va qiduruv tadqiqotlarini bajarilishidagi davlat byudjeti hisobiga.
- Soxaviy vazirlik, devonxona, korxona, uyushma va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xo`jalik shartnomasi asosidagi asosiy tashkilotlar hisobiga.
V.Navoiy davlat konchilik institutining tuzilmasi
35. Navoiy davlat konchilik instituti tarkibiga quyidagi fakultet va kafedralar kiradi:
Konchilik fakulteti
1. «Konchilik ishi» kafedrasi
2. «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya» kafedrasi
3. «Xayot xavfsizligi» kafedrasi
4. «Noyob va radioaktiv metallarning rudalarini qazish, qayta ishlash texnika va texnologiyasi» kafedrasi
5. «Jismoniy madaniyat» kafedrasi
Energo- mexanika fakulteti
1. «Elektroenergetika» kafedrasi
2. «Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqaruvini avtomatlashtirish» kafedrasi
3. «Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi
4. «Umumiy fizika» kafedrasi
Kimyo-metallurgiya fakulteti
1. «Kimyoviy texnologiya»kafedrasi
2. «Iqtisod va menejment» kafedrasi
3. «Oliy matematika» kafedrasi
4. «Metallurgiya» kafedrasi
Zarafshon umumtexnika fakulteti
1. «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedrasi
2. «Tabiiy fanlar» kafedrasi
Olmaliq kon – metallurgiya fakulteti
1. «Metallurgiya va kimyo- texnologiya» kafedrasi
2. «Konchilik ishi» kafedrasi
3. «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya» kafedrasi
4. «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedrasi
Fakultetlararo kafedralar
1. «Jismoniy madaniyat» kafedrasi 
2. «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedrasi
3. «O`zbek va chet tillar» kafedrasi
Institut tuzilmasi institutning istiqbolli rivojlanishini hisobga olgan holda Navoiy kon – metallurgiya kombinati tomonidan tasdiqlanadi.
Institut ilmiy kengashi institut tuzilmasini o`zgartirish bo`yicha o`z qarori bilan taklif kiritishi mumkin. Institut tuzilmasidagi barcha o`zgarishlar Navoiy kon- metallurgiya kombinati roziligi asosida institut rektori buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi.
Navoiy davlat konchilik instituti tuzilmasida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining hajmi va ko`rinishiga bog`lik holda, ilmiy laboratoriyalar tuzilishi mumkin. 
Navoiy davlat konchilik institutining tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
1. Rektor
2. Ilmiy  kengash
3. Otalik kengashi
4. O`quv ishlari buyicha prorektor
4.1 O`quv- uslubiy kengash
4.2 O`quv- uslubiy bo`lim
4.3 Magistratura bo`limi
4.4 Axborot - resurs markazi
4.5 Fakultet va kafedralar
Navoiy davlat konchilik instituti