Ish vaqti: 8-00 dan 16-00 gacha

FAX: +(0 436) 223-49-66

Abuturiyentga
Abituriyent uchun Bakalavr va Magistratura haqida ma'lumot
Talabaga
Talaba uchun ma'lumot va resurslar
Ilmiy tadqiqot
Ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid
Interaktiv xizmatlar
Navoiy davlat konchilik instituti interaktiv xizmatlari ro'yxati




PRINT

Institut Faoliyati

1. Navoiy davlat konchilik instituti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi № UP- 1203 qaroriga asosan tashkil etilgan.Respublika Prezidentining 2001 yil 12 apreldagi  UP №2829 Farmoyishi bilan Navoiy davlat konchilik instituti respublikaning kon-metallurgiya sohasi uchun mutaxassislar, shuningdek kon qazish va metallurgiya yo`nalishli kasb kollejlari uchun muhandis – pedagog kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy o`quv muassasasi deb belgilangan.
 
2. Institutning rasmiy nomlanishi: Navoiy davlat konchilik instituti (NDKI) Навоийский государственный горный институт (НГГИ)
 
3.  Institutning yuridik manzili: Navoiy shahri. Institut Navoiy kon-metallurgiya kombinati huzuridagi yuridik shaxs hisoblanadi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 13 apreldagi № 173–sonli, hamda 2004 yil 19 maydagi № 237–sonli "Ta'lim to'g`risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga asosan va O'zbekiston Respublikasining qonuniy va me'yoriy –huquqiy  hujjatlariga,  shuningdek ushbu Ustavga muvofiq o'z faoliyatini amalga oshiradi.  
 
Navoiy Davlat konchilik instituti istiqlolning ilk yillarida O'zbekiston kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishi va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berish maqsadida – Navoiy davlat konchilik instituti tashkil qilinishi ham bugungi kunda zarur sohalarni malakali kadrlar bilan ta'minlashga zamin yaratdi.
         O'tgan yillar davomida institut faoliyati, zarur mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida qilingan ishlar samarasi o'laroq, nafaqat Navoiy viloyatida barpo etilayotgan yirik sanoat korxonalari, balki butun Respublika miqyosida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini tashkil etish, mineral xom ashyo bazalariga ega bo'lgan hududlarda yer osti boyliklarini qazib olish va qayta ishlash borasida yirik ixtisoslashgan gidrometallurgiya korxonalarida konchilik sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, energetika, kimyo sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha mutaxassis kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish imkonini berdi.
Bevosita ixtisosliklar bo'yicha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, har bir yo'nalishda malakali kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Bugungi kunda institutda «Konchilik ishi», «Kon elektromexanikasi» va «Nodir va radioaktiv metall rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnika va texnologiyasi», «Elektr energetikasi», "Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish», «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqaruv», "Metallurgiya”, "Kimyoviy texnologiya” bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha, «Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish», «Foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish», «Nodir va radioaktiv metall rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnika va texnologiyasi», «Nodir va radioaktiv metall rudalarini qayta ishlash va boyitish texnologiyasi» kabi magistratura mutaxassisliklari bo'yicha malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, institut ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, nazariy ta'lim va amaliyot uyg`unligini ta'minlash, shu bilan bir qatorda institutning ilmiy-amaliy potentsialini yanada takomillashtirish borasida tegishli tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan samarali hamkorlik ishlari ham juda katta yordam bermoqda.
         Fan, ta'lim va ishlab chiqarish orasidagi integratsiyani rivojlantirish maqsadida tegishli tashkilotlar qoshida qator kafedralar filiallari tashkil etildi. Jumladan, NKMK 1-gidrometallurgiya zavodida "Metallurgiya”, "Noyob va radiaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnika va texnologiyasi”, Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida «Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish”, "Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”, "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv”, Navoiy elektr tarmoqlari korxonasi va Navoiy davlat issiqlik elektr stantsiyasida «Elektr energetika», Navoiy azot OAJda va Navoiy elektrokimyo zavodida "Kimyo va kimyoviy texnologiya” Toshkent viloyatidagi qalmohir kon boshqarmasida Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining «Konchilik ishi» va Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedralari filiallari shular jumlasidandir.
Navoiy davlat konchilik instituti