Ish vaqti: 8-00 dan 16-00 gacha

FAX: +(0 436) 223-49-66

Abuturiyentga
Abituriyent uchun Bakalavr va Magistratura haqida ma'lumot
Talabaga
Talaba uchun ma'lumot va resurslar
Ilmiy tadqiqot
Ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid
Interaktiv xizmatlar
Navoiy davlat konchilik instituti interaktiv xizmatlari ro'yxati




PRINT

Ilmiy kengash

I.Umumiy qoidalar
 
  • Institut faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko'rib chi?ish uchun rektor raisligida institut Ilmiy kengashi (keyingi o'rinlarda – Ilmiy kengash) tashkil etiladi.
  • Ilmiy kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, institut tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Ilmiy kengashning boshqa a'zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadilar. Professor-o`qituvchilar tarkibidan Ilmiy kengashga saylanuvchi a'zolarning soni rektorning buyrug`i bilan belgilanadi. Ilmiy kengash tarkibiga institutning muayyan yo`nalish muammolari bo'yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati 5 yil.
  • Ilmiy kengash tarkibi institut rektorining buyrug`i bilan tasdiqlanadi. Har o`quv yilining boshida turli sabablarga ko'ra Ilmiy kengash tarkibidan chiqqanlar o`rniga, yangi a`zolar saylanadi yoki nizom bo'yicha kiritiladi.
II. Ilmiy kengashning maqsad va vazifalari
 
  • Ilmiy kengashning maqsadi – institut jamoasi say-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to`g`risidagi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta'minlash, oliy ta'limning davlat ta'lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko'nikmalarga ega bo'lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo'naltirishdan iborat.
Institutning ilmiy kengashi:
  • - "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq davlat ta'lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarining qat'iy bajarilishini o'rganib chiqadi hamda ustuvor masalalar bo'yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;
  • - fakultetlarning, o`quv, ilmiy – tadqiqot va ma'naviy – ma'rifiy ishlari to`g`risidagi, akademik litseylar, institut qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to`g`risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to`g`risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo'jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo'lgan extiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to`g`risidagi hisobotlarni eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
  • - ilmiy-tatqiqot, ma'naviy – ma'rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o`qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
  • - institut rivojlanishining yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta'minot va moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
  • - fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o'zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish yoki to'xtatish bilan bog`liq masalalar bo'yicha tegishli qarorlarni qabul qiladi;
  • - "Institutga pedagog xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq professor-o`qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o'tkazadi;
  • - professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko'rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;
  • - institut bitiruvchilari hamda professor-o`qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta'minlash va kompyuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo'yicha tayanch ko'nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;
  • - ta'lim jarayonining o`quv adabiyotlar bilan ta'minlanganligi, yangi avlod darslik va o`quv qo'llanmalari, shuningdek innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo'llashga asoslangan o`quv-uslubiy majmualarini tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;
  • - stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy hodim – izlanuvchi institutlariga nomzodlarini tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;
  • - iqtidorli talabalar safidan va professor-o`qituvchilar tarkibidan nomzodlarni "Iste`dod” jamg`armalari orqali xorijiy oliy ta'lim muassasalarida stajirovka o'tishga tavsiya etadi;
  • - institut iqtidorli talabalari va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;
  • - "Sog`lom avlod uchun” jamg`armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog`liqlarini yanada yaxshilash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
  • - asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • - xorijiy mamlakatlarning oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha qarorlar qabul qiladi;
  • - ta'lim xizmatlari bilan shug`ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida raxbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;
  • - institut talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo'yicha tadbirlarni belgilaydi.
III.Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etish
  • Ilmiy kengash o'z faoliyatini xar o`quv yili uchun ishlab chiqarilgan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Ilmiy kengash rejasi Ilmiy kengash tomonidan ko'rib chiqilganidan so'ng institutning rektori tomonidan tasdiqlanadi.
  • Institutning o`quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo'yicha Ilmiy kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko'pchilikni ovozi bilan qabul qilinadi. Ilmiy kengash majlisi uning tarkibidagi a'zolarining 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
  • Professor-o`qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo'yicha o'tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo'li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
  • Ilmiy kengash qarorlari institutning rektori tomonidan tasdiqlanganidan so'ng kuchga kiradi.
  • Ilmiy kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Ilmiy kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.
  • Ilmiy kengash raisi muntazam ravishda Ilmiy kengash qarorlarining bajarilishi bo'yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Ilmiy kengash a'zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.
Navoiy davlat konchilik instituti