Yangiliklar

2-IYUL DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN!


2 iyul- “O‘zbekiston Respublikasi Davvlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun.

Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

Davlat gerbidagi har bir rang, chiziq, belgi chuqur ramziy ma’noga ega.

Qonunchilikka muvofiq O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.

Jinoyat kodeksiga asosan O‘zbekiston yoki Qoraqalpog‘istonning Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.