Yangiliklar

Xalqaro konferensiya


Navoiy davlat konchilik institutida o‘tkazilayotgan II-Xalqaro konferensiya ishi bir nechta seksiyalarga bo‘lingan holda olib borildi. Seksiyalar kesimida xorijiy va O‘zbekiston  olimlarining 200 dan ortiq maqolalari eshitildi hamda qizg‘in bahs va munozaralar ostida muhokama qilindi.

Chet ellik olimlar bugun ham ommaviy axborot vositalariga intervyu berar ekanlar, Navoiy davlat konchilik instituti “O‘zbek va chet tillar” kafedrasining yosh va bilimli o‘qituvchilari ularni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib turishdi.