Ish vaqti: 8-00 dan 16-00 gacha

FAX: +(0 436) 223-49-66

PRINT Published at: 2017-07-14 11:35:11     By:  fredwared

DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVLARINING INSTITUT BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANDI

DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVLARINING INSTITUT BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANDI

 O'zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari tanloviga nomzodlar tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 25 martdagi “O'zbekiston o'quvchi-yoshlarni taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to'g’risida” gi 157-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Talabalar uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash to'g’risida” gi Nizomiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, oliy ta'lim muassasalarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari va boshqa Davlat stipendiyalariga nomzodlar tayyorlashni tizimli shaklda amalga  oshirish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizomga muvofiq institutda 2017 yil 7 iyun 1/244 sonli institut rektorining ichki buyrug’i chiqarildi. Nomzodlarni tanlab olish institut rektori buyrug’i bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshirildi.

Institut fakul’tetlaridan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiya”si tanloviga konchilik fakul’teti “Kon mashinalari va jihozlari” yo'nalishi 2 bosqich magistranti T.Sa'dullayev, “Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazish, qayta ishlash va boyitish texnologiyasi” yo'nalishi magistranti Sh.Sunnatulloyev va “Beruniy nomli Davlat stipendiya”si tanloviga energo-mexanika fakul’teti 3 bosqich talabasi A.Xalikova va konchilik fakul’teti talabasi A.Rasulov, “Islom Karimov nomli davlat stipendiya”siga kimyo-metallurgiya fakul’teti 4  bosqich talabasi M.Samadova va konchilik fakul’teti  3 bossich talabasi S.Nabiyevlarning xujjatlari qabul qilindi. 

  2017 yil 10 iyul kuni o'tkaziladigan institut Kengashiga “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiya” si tanloviga konchilik fakul’teti “Kon mashinalari va jihozlari” yo'nalishi  2 - bosqich magistri T.M.Sa'dullayev,  “Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazish, qayta ishlash va boyitish texnologiyasi” yo'nalishi 2-bosqich magistri Sh.Sh.Sunnatulloyev, “Beruniy nomli Davlat stipendiya” si tanloviga energo-mexanika fakul’teti  “Elektr energetikasi” yo'nalishi 4- bosqich talabasi A.M.Xalikova, konchilik fakul’teti “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi”  yo'nalishi 4-bosqich talabasi A.H.Rasulov, “Islom Karimov nomli davlat stipendiya” si tanloviga kimyo-metallurgiya fakul’teti “Kimyoviy texnologiya” yo'nalishi       4-bosqich talabasi M.O.Samadova, konchilik fakul’teti  “Konchilik ishi” yo'nalishi 3-bosqich talabasi S.A.Nabiyevlarning xujjatlari kiritildi.

  Institut Kengashi tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiya” si tanloviga konchilik fakul’teti “Kon mashinalari va jihozlari” yo'nalishi 2-bosqich magistri T.M.Sa'dullayev, “Beruniy nomli Davlat stipendiya” si tanloviga energo-mexanika fakul’teti “Elektr energetikasi” yo'nalishi 4- bosqich talabasi A.M.Xalikova va konchilik fakul’teti “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi”  yo'nalishi 4-bosqich talabasi A.H.Rasulov, “Islom Karimov nomli davlat stipendiya”si tanloviga kimyo-metallurgiya fakul’teti “Kimyoviy texnologiya” yo'nalishi 4-bosqich talabasi M.O.Samadovalar nomzodlari tavsiya etildi.

Ushbu nomzod talabalar 2-bosqichda ishtirok etish huquqini egalladi.      2017 yil 1-15 avgust kunlari talabalarning xujjatlarini  Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga topshirish vazifasi  iqtidorli yoshlar bilan ishlash uslubchisi M.Qobilova zimmasiga yuklatildi.

                                                                                                   M.Qobilova

 

  

 

 

Navoiy davlat konchilik instituti